Indiana Jons shlyapasi auksionda sotildi
eʼlon qilindi
$630 mingga
Nomi oshkor etilmagan xaridor Indiana Jons kino qahramoni kiygan jigarrang kigiz shlyapani sotib oldi, deb xabar berdi Bloomberg.
Amerikaning Los-Anjeles shahridagi kimoshdi savdosini kino va televideniye sanoati uchun suvenirlar ishlab chiqaruvchi Propstore o‘tkazdi.
Mashhur antikvar tadqiqotchisining shlyapasi $630 mingga sotib olindi, uning maksimal narxi $500 ming bo‘lishi kutilgan edi.
Aktyor Xarrison Ford Jons rolida «Indiana Jons va taqdir ibodatxonasi» filmida ushbu bosh kiyimni kiygan.
«Kursiv» may oyi oxirida ingliz musiqachisi Jon Lennonning gitarasi auksionda yozgan edi. Kimoshdi savdolarida taniqli shaxslar yoki kino qahramonlariga tegishli narsalarning narxi, qoida tariqasida, taxminiy qiymatdan oshadi.