Markaziy bank firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi

eʼlon qilindi
Ular fuqarolarning bank kartalariga oid ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartasidagi pul mablag‘larini o‘zlashtirmoqda
Foto: VitalikRadko / depositphotos.com

Hozirgi vaqtda firibgarlar internet tarmogʻidan soxta telefon raqamlari orqali fuqarolarga qoʻngʻiroq qilib, ularning pul mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunda firibgarlar oʻzini Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirishga urinmoqda.

Shu bilan birga, Telegram messenjerida Markaziy bank nomidan ochilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (cb_uzbek) soxta qoʻllab-quvvatlash chatga qoʻshib, fuqarolarning bank kartalariga oid ma’lumotlarini qoʻlga kiritish orqali bank kartasidagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirmoqda.

Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmasligini va moliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanmasligini, bank kartalari ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik, hech qanday havolaga kirmaslikni eslatib oʻtdi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Toshkentda mingdan ortiq fuqarolarning pullarini oʻzlashtirgan firibgar qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek