Yangiliklar

Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan gaplashadi

Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar bilan muloqot bo‘lib o‘tadi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-avgust, seshanba kuni Qoraqalpog‘istonda o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Mirziyoyev bilan muloqot arafasida joriy yilda tadbirkorlik subyektlaridan 10,1 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Tadbirkorlarni, asosan, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, soliq tizimini modernizatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishni kuchaytirish masalalari qiziqtirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda davlat rahbarining muloqoti 18-avgust kuni bo‘lib o‘tgandi. Shundan so‘ng «Qishloq qurilish bank» respublikada Biznesni rivojlantirish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bankiga aylantirilishi e’lon qilindi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» o‘zbekistonlik senatorlar Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ma’qullagani haqida yozgan edi.