Toshkentda 2025-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo oʻyinlari oʻtkazish uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasida metall konstruksiya ishlari yakunlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ).
Bir kun avval qurilish maydoniga O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov tashrif buyurdi.
«Hozirgi kunga kelib, metall konstruksiya ishlari allaqachon yakunlangan bo‘lib, obyektlarning tashqi qismini yopish jarayoni ketmoqda», deyiladi xabarda.
Tekshiruv ishtirokchilari shaharchadan Osiyo o‘yinlaridan keyin foydalanish masalalarini muhokama qilishdi.
Avvalroq «Kursiv» shaharcha qurilishi 2022-yilda boshlanganini yozgan edi.