O‘zbekistonda sholining qurg‘oqchilikka chidamli yangi navlari joriy etiladi
eʼlon qilindi
O‘simliklar Xorazm viloyatida sinovdan o‘tkaziladi

Xorazm viloyatida sholining qurg‘oqchilikka va sho‘r tuproqqa chidamli yangi navlari yetishtiriladi, deb xabar berdi O‘zR Adliya vazirligi.
Buning uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Filippin Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sholining ertapishar, sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yetkazib berishni ta’minlash topshirildi.
O‘simliklar ikki yil davomida Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitida sinovdan o‘tkaziladi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatida sholi uchun 10 ming gektar maydon ajratilganini yozgan edi.