Bugun, 19-avgust kuni prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasiga boradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida sanoat korxonalari, IT hamda ijtimoiy soha obyektlari ko‘zdan kechiriladi, shuningdek, davlat rahbarining mamlakat aholisi hayoti bilan tanishishi rejalashtirilgan.
2024-yil 20-avgust kuni Nukus shahrida Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tishi ham rejaga kiritilgan.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan edi.