O‘zbekistonda qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan subyektlar soni ortdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Telegram / Statistika agentligi

O‘zbekistonda 2024-yilning dastlabki olti oyida qurilish sohasida 53 122 ta tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 51 592 tani tashkil qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar–iyun oylarida qurilish ishlari hajmi 10 foizga oshgan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Toshkentda 2025-yilgi Osiyo oʻyinlari oʻtkazish uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasida metall konstruksiya ishlari yakunlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek