Yangiliklar

Sirdaryoda raqobatga zid bo‘lgan 439 ta holat aniqlandi

Joriy yilning birinchi yarim yilligida 102,34 mlrd so‘mlik raqobatga zid holat aniqlangan
Foto: Pexels.com

Sirdaryo viloyatida raqobatga zid bo‘lgan 439 ta holat aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarim yilligida Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan budjet buyurtmachilari 29 241 ta shartnomalar bo‘yicha 1,78 trln so‘mlik davlat xaridlari amalga oshirilgani aniqlangan.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 102,34 mlrd so‘mlik 439 ta raqobatga zid xatti-harakatlar buyurtmachilar tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Mazkur harakatlarning aksariyat qismi yo‘l qurilish sohasida 111 ta holat (81,1 mlrd so‘m), maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘yicha 57 ta holat (3,6 mlrd so‘m), sog‘liqni saqlash sohasi 110 ta holat (4,6 mlrd so‘m), boshqa sohalar bo‘yicha esa 161 ta holat (12,34 mlrd so‘m) aniqlangan.

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga 439 ta huquqbuzarlikdan 386 tasi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur holat yuzasidan 37 ta qonunbuzarlik yuzasidan 38 ta ish qo‘zg‘atilgan hamda 39 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Raqobat qo‘mitasi yana ikki MCHJni jarimaga tortgani haqida xabar bergan edi.