Soliq to‘lovchilarga 12,9 trln so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarildi
eʼlon qilindi
2024-yil yanvar–iyul oylari uchun
Yanvar–iyul oylarida 3,3 ming tashkilotga 12,9 trln so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i qoplandi. Bu ma’lumotlar Soliq qoʻmitasi tomonidan berildi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan qaytarilgan mablag‘lar miqdori 18,1 foizga oshgan.
Qaytarilgan QQSning yarmidan ko‘pi ishlab chiqarish korxonalariga to‘g‘ri keldi. Joriy yilning yetti oyi davomida ularga 6,4 trln so‘m qoplandi. Birinchi uchlikka xizmat ko‘rsatish va savdo sohalari ham kirdi – mos ravishda 1,7 trln va 703,4 mlrd so‘m.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» 2024-yil 1-apreldan O‘zbekistonda QQS bo‘yicha qator imtiyozlar bekor qilingani haqida yozgan edi.