Yangiliklar

Toshkent viloyati hokimligi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga quyosh batareyalari uchun 4,6 mlrd so‘m ajratadi

Bu haqda viloyat rahbari qaror imzoladi
Rasm: fanjianhua / Depositphotos

Toshkent viloyatidagi 330 ta ehtiyojmand xonadonga 2 kVt quvvatga ega quyosh batareyalari o‘rnatiladi. Tegishli qarorni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev imzoladi.

Viloyat budjeti daromadlari 2024-yilning birinchi choragida ortig‘i bilan bajarilishi evaziga kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha mablag‘ topish mumkin bo‘ldi.

Qarorga ko‘ra, 4,6 mlrd so‘m barcha tuman va viloyat ahamiyatiga ega shaharlar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Ehtiyojmand xonadonlarda quyosh panellarini faol o‘rnatish 2022-yilda boshlangan. O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, hokimliklar zimmasiga kam ta’minlangan oilalarni quyosh batareyalari bilan ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, hujjat iste’molchilarga quyosh batareyalari, shamol generatorlari va suv isitgichlarini o‘rnatish xarajatlarini qisman qoplash imkonini berdi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» quyosh panellarini o‘rnatish orqali qancha tejash va daromad olish mumkinligi haqida yozgan edi.