Yangiliklar

Yollanma ishchilarning daromadlari ulushi ortdi

Yollanma ishchilarning daromadi nechi foizga ortdi
Foto: Statistika agentligi / Telegram

Mamlakat aholisining umumiy daromadlari hisobida yollanma ishchilarning daromad ulushi ortdi. Bu haqda statistika agentligi xabar berdi.  

Joriy yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha umumiy hisobda daromadlar tarkibida yollanma ishchilarning daromad ulushi 29,9 foizni tashkil qiladi.

Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida esa 29,8 foizni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, yollanma ishchilarning daromadi deganda, mehnatga haq to‘lashning yashirin qismi (birlamchi yoxud buxgalteriya hisobida aks ettirilmagan, ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar)ni qo‘shgan holda pul va natura (ya’ni pul o‘rniga to‘lanadigan mahsulot) shaklida mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlar tushuniladi.

Avvalroq «Kursiv» birinchi yarim yillikda Davlat budjeti taqchilligi 29 trln soʻmga teng boʻlgani haqida xabar bergan edi.