Yangiliklar

24–25-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Hashar o‘tkaziladigan kunlar shanba va yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi
Foto: O‘zMU matbuot xizmati

2024-yilning avgust oyi yakunida Mustaqillik bayrami arafasida mamlakatda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hashardan ko‘zlangan maqsad – aholi turar joylari, xiyobonlar, mahallalar, istirohat bog‘lari, qabriston va boshqa joylarni obodonlashtirish. Hashar «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, hashar o‘tkaziladigan kunlarda aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj bo‘lgan qatlamiga yordam ko‘rsatiladi. Hashar o‘tkaziladigan kunlar shanba va yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lish ehtimoli yuqorilar ro‘yxati shakllantirilishi haqida xabar bergan edi.