Apple kompaniyasi iPhone Pro ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chiradi

eʼlon qilindi
Mamlakatda sotiladigan birinchi model iPhone 16 Pro bo‘ladi
Foto: Global Look Press

Apple kompaniyasi Hindistonda iPhone 16 Pro ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar beradi.

Unga ko‘ra, ushbu model Xitoydan tashqarida chiqarilgan Pro seriyasidagi birinchi model bo‘ladi.

Tayvanning Foxconn Technology kompaniyasi iPhone 16 Pro va 16 Pro Max smartfonlarini rasmiy ishga tushirilganidan bir necha hafta o‘tib, Hindistondagi zavodlarida ishlab chiqarishni boshlaydi.

Shuningdek, kompaniya Apple smartfonlarini yanada samarali ishlab chiqarish uchun xodimlarni o‘qitishni boshlaydi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Apple buklanadigan smartfonlarni ishlab chiqarishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek