«Britaniyalik Bill Geyts» g‘oyib bo‘ldi
Britaniyalik tadbirkor Mayk Linchning yaxtasi to‘fonda qolib, Sitsiliya qirg‘oqlarida cho‘kib ketdi. Bloomberg agentligining xabar berishicha, texnologik magnat bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Bayesian deb nomlangan yaxtaning cho‘kib ketgani dushanba kuni ertalab ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik aniqlanishicha, bir kishi halok bo‘lgan, yana olti kishining qayerda ekani noma’lum. Kemadan 15 kishi, jumladan, Linchning rafiqasi Anjela Bakares qutqarildi.
Yaxtada jami 22 kishi bo‘lgan, ulardan o‘n nafari ekipaj a’zolari edi. Qolganlari tadbirkorning mehmonlari. Yo‘qolganlar orasida Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada fuqarolaridir.
Yaxtadagi ziyofat Linchning firibgarlik ishi bo‘yicha oqlanganini nishonlash uchun o‘tkazildi. O‘n hafta oldin San-Fransiskodagi sud hay’ati biznesmenni Hewlett Packardga Autonomy’ni sotishda firibgarlikda aybdor emas deb topdi.
Linch 1996-yilda Autonomy‘ga asos solgan. Kompaniya tuzilmagan manbalardan (telefon qo‘ng‘iroqlari, video va elektron pochta xabarlari yozuvlari) ma’lumotlarni olish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqdi. Autonomy sotilgach, tadbirkor Invoke Capital venchur kompaniyasi va bir qator tegishli tashkilotlarga, jumladan, Darktrace’ga asos solgan. Ushbu tuzilma kiberxavfsizlik sohasida ishlaydi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Linchni ommaviy axborot vositalarida ko‘pincha «Britaniyalik Bill Geyts» deb atashgan.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Bill Geyts memuarlarini nashr etishini yozgan edi.