Eksport bo‘yicha yangi qoidalar joriy etildi

eʼlon qilindi
Avvallari texnika 180 kunda kelmasa buyurtmachiga debitor qarz joriy etilardi
Rasm: grigvovan/Depositphotos

Tadbirkorlar bilan muloqotda davlat rahbari import o‘rnini bosish va eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qoidalarni ma’lum qildi.

Endilikda agar uskuna 180 kun ichida yetkazib berilmasa, shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda, u muddati o‘tgan hisoblanmaydi. Avvallari texnika 180 kunda kelmasa buyurtmachiga debitor qarz joriy etilardi.

Eksportda QQSni qaytarishda ham qiyinchiliklar yuzaga kelar edi. Ilgari eksportni tasdiqlash uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilingan bo‘lsa, endilikda bojxona organlarining elektron ma’lumotlari yetarli.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» tadbirkorlar auksiondan yer sotib olganda QQS hisoblash bekor qilinishini yozgan edi.

Shuningdek