Tadbirkorlar auksiondan yer sotib olganda QQS hisoblash bekor qilinadi

eʼlon qilindi
Bu haqda davlat rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash bekor qilinadi. Bu haqda davlat rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Shuningdek, Toshkent shahri va viloyat markazlarida sotilgan yer boʻyicha xarid summasini uch yilgacha, qolgan hududlarda besh yilgacha, 4 va 5-toifa tumanlar uchun esa oʻn yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

Qolaversa, endi tadbirkorlar darhol toʻlov qilaman desa, 20 foizgacha chegirma beriladi.

Davlat rahbarining qoʻshimcha qilishicha, yerlarni ajratishda binolarni loyihalashdan obyektni topshirishgacha boʻlgan muddatlar majburiy koʻrsatiladi.

Viloyat markazlaridan tashqari qurilish davriga yer soligʻi boʻyicha 50 foiz imtiyoz beriladi.

Qurilishga ruxsat olish muddati davlat organi aybi bilan oʻtkazib yuborilsa, qurilish vaqti shu muddatga uzaytirib beriladi. Muddatida bajarilmasa, yer sud orqali qaytarib olinadi yoki boshqa tadbirkorga sotiladi.

Avvalroq «Kursiz Uzbekistan» tadbirkorlar uchun mikrokreditlar miqdori 3 karra oshirilib, 300 mln soʻmga yetkazilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek