Eron AQSh prezidentlik saylovlarini buzishga urinishda gumon qilinmoqda

eʼlon qilindi
Trampning qarorgohiga hujum orqali
Rasm: Unsplash

Amerika razvedka xizmatlari AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning saylovoldi shtab-kvartirasiga so‘nggi xakerlik hujumi ortida Eron turganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Bloomberg.

Qo‘shma Shtatlar Eron Amerikada 2024-yilning noyabriga belgilangan prezidentlik saylovlarini shu usullar yordamida buzishni rejalashtirmoqda, deb hisoblaydi.

Federal qidiruv byurosi (FQB), Kiberxavfsizlik va infratuzilmani himoya qilish agentligi va Milliy razvedka direktori idorasi bayonotiga ko‘ra, Eron faoliyati «Amerika jamoatchiligiga qaratilgan ta’sir operatsiyalari va prezidentlik kampaniyalariga qaratilgan kiber operatsiyalarni o‘z ichiga olgan». Trampning qarorgohiga qilingan hujum oxirgi toifaga kiradi.

Prezidentlikka yana bir nomzod Kamala Harrisning saylovoldi shtab-kvartirasi FQBdan chet el agentlari tomonidan ehtimoliy xakerlik hujumlari haqida ogohlantirish olganini ma’lum qildi.

«Kursiv Uzbekistan» AQSh prezidentligiga nomzodlarning debatlari sentabr oyida bo‘lib o‘tishini yozgan edi.

Shuningdek