Iste’mol kayfiyati indeksi: aholi orasida xarajatlar oʻsishiga ishonganlar ulushi ortdi

eʼlon qilindi
Bu Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi
Foto: ilixe48 / depositphotos.com

Markaziy bank 2024-yilning ikkinchi choragi uchun iste’mol kayfiyati indeksi (IKI) hisobotini e’lon qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oʻtgan chorakdan boshlangan respondentlarning daromad va xarajatlari boʻyicha kutilmalari, kredit olishga ehtiyojlari hamda jamgʻarishga boʻlgan moyilligi koʻrsatkichidagi kichik pasayish tendensiyasi mazkur chorakda ham davom etdi.

Infografika: Markaziy bank

Joriy yil II chorakda daromad subindeksi avvalgi chorakka nisbatan sezilarsiz 0,7 foiz punktga pasayib, 70,3 bandga teng boʻldi va oʻtgan yilning mos davri darajasida shakllandi.

Kelgusida daromadlar oshishi boʻyicha kutilmalar indeksi biroz pasaygan boʻlsa-da, soʻrov ishtirokchilarining qariyb uchdan ikki qismi kelgusi choraklarda daromadlari koʻpayishini kutmoqda.

Shuningdek, daromadlari oʻzgarmasligini qayd etganlar ulushi 1,4 foiz punktiga ortib, umumiy respondentlarning 26,4 foizini tashkil etdi. Daromadlari kamayishini ta’kidlaganlarning ulushi esa 10 foizni tashkil qiladi.

Infografika: Markaziy bank

10 mln soʻmgacha daromadli respondentlar orasida kelgusida daromadlari kamayishini kutayotganlarning ulushi oshgan. Daromadlari 10 million soʻmdan yuqori boʻlgan shaxslar daromad oʻsishiga optimistik, eng past daromadga ega respondentlar esa (3 million soʻmgacha) pessimistik qaramoqda.

Bundan tashqari, kreditlarga boʻlgan ehtiyoj (-1,2) va jamgʻarishga boʻlgan moyillik (-1,3) kamaydi.

Aholi tomonidan kelgusi chorakda yirik xarajatlar guruhlari oʻrganilganda, soʻrov ishtirokchilari asosan, uy-joy ta’mirlash, sayohat, ta’lim, sogʻliqni tiklash, toʻy marosimlari, uy-joy va avtomobil xaridi kabi yirik xarajatlarni rejalashtirgani ma’lum boʻldi.

Infografika: Markaziy bank

II chorakda xarajat subindeksi yuqori darajada saqlanib, 77,7 bandni tashkil etdi. Xususan, respondentlarning deyarli 77 foizi kelgusi 12 oyda xarajatlari koʻpayishini bildirgan. Oʻtgan yilning mos davrida ushbu koʻrsatkich 80 foizga teng boʻlgan. Bu esa iste’molchilarning kelgusidagi xarajatlari oʻzgarishi boʻyicha optimistik kutilmalari saqlanib qolayotganligini koʻrsatadi. Kelgusida xarajatlarining oʻzgarmasligini ta’kidlaganlar ulushi 16,4 foizni, xarajatlarning kamayishini kutayotganlar esa 6,9 foizni tashkil etgan.

Infografika: Markaziy bank

Aholi tomonidan kelgusi chorakda yirik xarajatlar guruhlari oʻrganilganda, soʻrov ishtirokchilari asosan, uy-joy ta’mirlash, sayohat, ta’lim, sogʻliqni tiklash, toʻy marosimlari, uy-joy va avtomobil xaridi kabi yirik xarajatlarni rejalashtirgani ma’lum boʻldi.

Kredit subindeksi avvalgi choraklarga nisbatan pasaymoqda, ammo kreditga boʻlgan umumiy talab yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Kredit subindeksi oʻtgan chorakka nisbatan 1,2 bandga kamayib, 68 bandni tashkil etdi (2023-yilning mos davrida 71,9 bandga teng boʻlgan). Joriy yilda kredit oʻsish sur’atlarining muvozanatlashayotgani respondentlarning javoblarida asta-sekin namoyon boʻla boshladi. Shu oʻrinda soʻrov natijalari aholining kreditlarga boʻlgan yuqori talabi kelgusi choraklarda ham saqlanib qolishini koʻrsatmoqda.

Infografika: Markaziy bank

Respondentlarning qariyb 37 foizi umuman jamgʻarmasi yoʻqligini aytdi. Ularning 5 foizdan kamrogʻi jamgʻarmalari olti oydan koʻproqqa yetishini va taxminan 5 foizi — uch oydan olti oygacha yetishini ta’kidladi.

Shuningdek