Yangiliklar

Joriy yilda necha nafar abituriyent talaba bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan 41 ming nafari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2024/2025 o‘quv yilida 186 mingdan ziyod abituriyentlar talabalikka tavsiya etildi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan 41,1 ming nafari davlat granti asosida, 145 ming nafari to‘lov-kontrakti asosida o‘qishga kirgan.

Kunduzgi ta’lim shakliga 39,9 ming nafar abituriyent grant asosida, 84 ming nafari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan. O‘z o‘rnida sirtqi ta’lim shakliga grant (imtiyoz) asosida 1046 nafar, to‘lov-kontrakti asosida 48,5 ming nafar abituriyent talaba bo‘lgan.

Shu bilan birga, abituriyentlardan kechki ta’lim shakliga 153 nafari davlat granti (imtiyoz) asosida, 8 455 nafari esa to‘lov-kontrakti asosida talabalikka tavsiya etilgan. Shuningdek, masofaviy ta’lim shakliga davlat granti (imtiyozli) asosida 51 nafar, to‘lov-kontrakti asosida 4 576 nafari abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Umumiy hisob natijalariga ko‘ra, grant asosida o‘rtacha o‘tish bali 121,7, kontrakt asosida o‘tish bali esa 94,7 ni tashkil qildi.  

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» 2024-yilda oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining 59 foizi hali ham ishsizligi haqida xabar bergan edi.