Namanganda zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Zilzila Uychi tumanida sodir bo‘ldi
Foto: albund / Depositphotos.com

Bugun 20-avgust kuni Namangan viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Seysmoprognostik monitoring markazi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra,  yer qimirlashi mahalliy vaqt bilan 16:01 da Namangan viloyati, Uychi tumanida sodir bo‘lgan.

«Zilzila koordinatalari: 40,96 gradus shimoliy kenglik; 71,8 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3. Chuqurlik 9 km. Zilzila episentri Toshkentdan 219 km janubiy-sharqda», deyiladi xabarda.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Afg‘onistonda ikkita zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek