Yangiliklar

Oʻzbekistonda doimiy aholi soni ortdi

Erkaklar ayollardan 259,2 mingtaga ko‘p
Foto: Statistika agentligi matbuot xizmati

Joriy yilning 1-iyul holatiga koʻra, mamlakat aholisning soni 37 134,2 ming kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 2023-yilning ushbu davriga nisbatan 2024-yilda doimiy yashovchi aholi soni 2,1 foizga ortgan. Oʻzbekistonda doimiy aholi koʻrsatkichlari orasidan ayollar 18 437,5 ming nafarni tashkil etsa, erkaklar 18 696,7 ming nafarni tashkil qilgan holda ayollardan 259,2 mingtaga ko‘p hisoblanadi.

Qayd etilgan koʻrsatkichlar orasida shahar joylardagi aholi soni 18 940,4 ming nafar boʻlsa, qishloq joylardagi aholi soni esa 17 193,8 ming nafarni tashkil qiladi. Shahar aholisi qishloq joydagi aholiga nisbatan 1 746,6 ming koʻproq.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Qozogʻiston aholisi olti oy ichida 125 ming nafarga koʻpaygani haqida xabar bergan edi.