O‘zbekiston Qozog‘istondan pul o‘tkazmalarining asosiy oluvchilari qatorida
Qozog‘istonning xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali 2024-yilning birinchi olti oyida 500 mlrd tengedan ortiq (taxminan $1 mlrd) sarflangan. Bu mablagʻlarning qariyb 27 foizi Oʻzbekistonga yoʻnaltirildi, deb xabar qildi QzR Milliy banki.
Belgilangan davrda tizim orqali amalga oshirilgan o‘tkazmalarning umumiy hajmi 515,3 mlrd tenge. Bu o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga kam.
Bundan tashqari, ushbu hajmning qariyb 98 foizi transchegaraviy o‘tkazmalarni tashkil etadi. Mablag‘larning 75 foizi (deyarli 384 mlrd tenge) xorijga jo‘natilgan.
O‘zbekistondan tashqari asosiy oluvchi davlatlar: Rossiya (31 foizdan ortiq), Turkiya (deyarli 21 foiz), shuningdek, Gruziya (8 foizga yaqin) va Qirg‘iziston (4 foizga yaqin) bo‘ldi.
Qozog‘istondan amalga oshirilgan bir transferning o‘rtacha summasi 330 ming tenge ($689)dan sal ko‘proqni tashkil qilgan.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» olti oy davomida O‘zbekistonga $6,5 mlrd o‘tkazilganini yozgan edi.