Propiska boʻyicha Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun alohida tartib bekor qilindi

eʼlon qilindi
Yangi qabul qilingan qonun asosida
Foto: Pixabay.com

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar – O‘zR fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida»gi qonun bekor qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, endi Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun alohida, boshqa viloyatlar uchun esa alohida ro‘yxatga olish tartibidan voz kechiladi. Respublika bo‘yicha bir xil tartib amal qiladi.

Shu bilan birga, fuqarolarni doimiy yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimi aholi statistikasini yuritishda muhim rol o‘ynamoqda.

Shuningdek, ushbu tizim hududlar infratuzilmasini shakllantirish, pensiya, tibbiy ta’minot, ijtimoiy xizmatlar va davlat xizmatlari ko‘rsatishni rejalashtirishda, mavjud resurs va mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlashda, aholi bandligini ta’minlashda, harbiy ro‘yxat yuritishda ham foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimligi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga quyosh batareyalari uchun 4,6 mlrd so‘m ajratishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek