Yangiliklar

Qirgʻiziston ham maymunchechak tufayli aeroportlar va chegara punktlarida sanitariya-karantin nazoratini kuchaytirdi

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi
Foto: Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vazirligi

Qirgʻiziston maymunchechak tufayli aeroportlar va chegara punktlarida sanitariya-karantin nazoratini kuchaytirdi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatga maymunchechak virusi kirib kelishining oldini olish maqsadida vazirlik tomonidan profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilib, bugungi kunda aeroportlar, vokzallar va chegara punktlarida sanitar-karantin choralari kuchaytirilgan.

Maymunchechak bilan kasallangan davlatlardan kelayotgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, bugungi kunda sanitar karantin punktlarida isitma bilan ogʻrigan shaxslarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida teplovizor va kontaktsiz termometrlar oʻrnatilgan.

Ma’lumot uchun, yil boshidan beri Kongo Demokratik Respublikasida kasallanganlar soni 15,600 kishini tashkil etdi. Joriy yilning 16-avgust kuni kasallik Afrikadan tashqarida, Shvetsiya va Pokistonda ham qayd etildi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Qozogʻiston maymunchechak tufayli chegara va aeroportlarda nazorat choralarini kuchaytirgani haqida xabar bergan edi.