Samarqandda 5 nafar fuqaroni Angliyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Ularning jami $10,4 mingni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan
Foto: belchonock / depositphotos.com

Samarqand viloyatida 5 nafar fuqaroni Angliyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nurobod tumani boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro goʻyoki Angliyadagi firmada ishlovchi tanishlari yordamida 5 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborishini va’da qilib, ularning jami $10,4 mingni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, fuqarolarni xorijga ishga joʻnatish Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Yevropaga ishga yuborishini va’da qilgan MChJ rahbari qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek