Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Nukusda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda

Sohaga oid 700 dan ortiq masalalar o‘z yechimini topdi
Foto: President.uz

Nukus shahrida prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ma’lumotiga tayanib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti ilk bor $100 mlrd oshgani ma’lum qilindi.

«Sizlar yangilik yaratishdan, tashabbus koʻrsatishdan charchamanglar. Sizlarni qoʻllab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga men doim tayyorman!», dedi Prezident.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan 700 dan ortiq masalalar o‘z yechimini topdi. Loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun 8 trln soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratildi. Sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmatlar rivoji, tadbirkorlik infratuzilmasi uchun yana 18 trln soʻm yoʻnaltirilgani aytildi.

Ayni damda uch yildan ortiq ishlayotgan korxonalar ulushi 76 % ni tashkil qilib, birinchi bor 300 mingtaga yetdi. Yana 100 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar borligi ta’kidlandi uchrashuvda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident bir guruh tadbirkorlarni medal, orden va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlagan edi.