21-avgust kuni O‘zbekistonning janubiy hududlarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 21-avgust kuni respublikaning janubiy hududlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Havo harorati o‘rtacha 32-37 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar bermoqda.

Poytaxtda havo o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 34-darajacha isishi mumkin, kechasiga kelib 24-daraja issiq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 25-darajagacha ko‘tarilishi mumkin, kechga kelib 14-darajagacha pasayadi.

Shuningdek