Daraxt kesgan fuqaro 17 mln 340 ming so‘m to‘laydigan va 100 ta ko‘chatga «tushdi»

eʼlon qilindi
Holat Sergeli tumanida yuz bergan
Foto: Energetika vazirligi

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Sergeli tumani, Sergeli 7-mavzesida daraxtga shikast yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmatida xabar qilindi.

Unga ko‘ra, mavzedagi «Madadkor» MFYda fuqaro Y.U. 1 ta daraxt kesgan. Buning oqibatida tabiatga 8 mln 840 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Huquqbuzarga nisbatan BHMning 25 baravari – 8 mln 500 ming so‘m jarima belgilandi. Huquqbuzar jami 17 mln 340 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi. 

Shuningdek, kesilgan daraxt uchun kompensatsiya tarzida 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida Qashqadaryoda 1,1 milliard so‘mlik 150 ta daraxt kesilgan edi.

Shuningdek