Dollar qimmatlashdi
eʼlon qilindi
Deyarli 20 so‘mga
21-avgust kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 19,80 so‘mga ko‘tarildi va 12 645,01 so‘mni tashkil qildi.
Moliya institutlarida AQSh valyutasi 12 560 – 12 620 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 660 – 12 685 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni dollar 15,72 so‘mga arzonlashgan edi.