Eronda 35 pokistonlik ziyoratchi avtohalokat tufayli halok bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
15 nafari og‘ir jarohatlandi
Foto: Radio.gov.pk

Eronning Yazd shahrida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida kamida o‘ttiz besh pokistonlik ziyoratchi halok bo‘ldi, yana 15 nafari og‘ir yaralandi. Bu haqda Radio Pakistan nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariya tormoz tizimi ishlamay qolgani sababli sodir bo‘lgan.

Avrohalokat oqibatida jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan.

Yo‘lovchilarning aksariyati Larkana, Ghotki va Sindning boshqa shaharlaridan bo‘lgan.

Prezident va Bosh vazir halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ta’ziya izhor etib, marhumlar uchun duolar o‘qishdi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligiga marhumlar jasadlarini Pokistonga olib kelish va jarohatlanganlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish topshirildi.

Bosh vazirning aytishicha, jabrlangan oilalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston va Eron oʻzaro viza rejimini bekor qilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek