Hisobot va intizom: nima uchun OTB mamlakat moliyaviy boshqaruv tizimini mustahkamlamoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda Rut Farrant Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi
Rasm: Roman Fedotov/Kursiv Uzbekistan

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda o‘z loyihalarini amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish niyatida. Bankning xaridlar, loyihalar portfeli va moliyaviy boshqaruv departamenti Moliyaviy boshqaruv bo‘limi direktori Rut Farrant xonim OTBning O‘zbekistondagi loyihalari bilan tanishish uchun Toshkentga keldi. Tashrif va OTB tashabbuslari ishtirokchilari va hamkorlari bilan uchrashuvlar yakunida Farrant xonim «Kursiv» jurnalistiga intervyu berdi va moliyaviy menejment bo‘yicha o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

O‘z ko‘zi bilan ko‘rish, bu – ishonch degani

— Farrant xonim, bu sizning yangi maqomingizda birinchi xorijiy xizmat safaringiz. Nima uchun O‘zbekiston?

— Missiyaning maqsadi buxgalteriya hisobi va audit standartlarini takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Bu yerda biz buni hukumat va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar bilan birgalikda moliya boshqaruviga oliy audit institutlari, ichki audit va integratsiyalashgan IT-yechimlarini jalb qilish orqali amalga oshirish mumkinligini ko‘ramiz.

Biz xalqaro davlat buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot standartlariga muvofiqlikni yaxshilash, loyihalarda moliyaviy majburiyatlarga rioya qilish hamda loyiha aktivlarini boshqarish va resurslarni nazorat qilish jihatlarini kuchaytirish ustida ishlashni davom ettiramiz. Shu tariqa biz OTB loyihalarini ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq samarali va shaffof boshqarilishini ta’minlay olamiz.

Shuningdek, menimcha, moliyaviy menejment sohasida inson kapitalini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirish zarur. Bu moliyaviy barqarorlikni oshirish uchun moliyaviy boshqaruv salohiyatini oshiradi.

Rasm: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

— Ushbu missiya davomida qaysi masalalarga e’tibor qaratildi?

— Biz turli yo‘nalishlarga e’tibor qaratdik. Birinchidan, milliy tizimlar va ularni xalqaro buxgalteriya hisobi va audit standartlari darajasiga takomillashtirish. Ikkinchidan, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish. Va missiyaning uchinchi vazifasi – moliyaviy boshqaruvda qiyinchiliklar yuzaga kelgan loyihalar. Ushbu ustuvor yo‘nalishlar oqilona loyiha va resurslarni boshqarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Aslida, shaxsiy muloqot o‘nlab elektron pochta yoki telefon qo‘ng‘iroqlaridan ko‘ra ancha samarali. Shu bois o‘z missiyam doirasida turli hamkorlarni birlashtira olganim men uchun juda qadrlidir. Uning asosiy natijasi shundaki, men elektron pochta xabarlarida bilinmaydigan, biroq odamlarni ko‘zida ko‘rinadigan quvvat oldim.

U ko‘zlarda yana nimani ko‘rdingiz?

— Biz loyihalarimiz samaradorligini oshirish va soliq to‘lovchilarga ularning mablag‘lari, haqiqatan ham, samarali foydalanilayotganini ko‘rsatish uchun birgalikda ishlash istagini ko‘rdik.

Marrani yuqoriga olish

— Shunday boʻlsa-da, OTB qanday qilib Oʻzbekistonda moliyaviy boshqaruv tizimini mustahkamlash va salohiyatni oshirish niyatida?

— Shu maqsadda OTB davlat moliyasini boshqarish tizimini mustahkamlashga qaratilgan kreditni tasdiqladi. Shuningdek, biz hamkasblarimiz bilan siyosatni ishlab chiqish va davlat moliyasini boshqarish islohoti bo‘yicha ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Bunga Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hamda OTB loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha mutaxassislari bilan hamkorlikda mamlakatda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va Davlat sektori buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini (DS BHXS) joriy etish kiradi. Bu ish moliyaviy hisobot va auditning ilg‘or xalqaro tajriba va OTB tartib hamda ​​talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Aytgancha, «UzAssets» AJ vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda biz bankning xalqaro standartlarga muvofiq siyosat va tartiblarni shakllantirish va MHXSni joriy etishda qanday yordam ko‘rsatishini muhokama qildik. Bularning barchasi hukumat boshlagan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lini davom ettirishning bir qismidir.

Rasm: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

OTB bunga qiziqish bildirdi. Boshqa donorlar (taraqqiyot institutlari – muharrir eslatmasi) singari biz ham Global hamkorlar forumi tufayli ko‘plab qo‘shma ishlarni amalga oshirdik, unda har bir ishtirokchi o‘z roli va o‘rinlarini namoyish eta oladi. Bu hamkorlik bizga kredit portfelimizga ilg‘or tajriba olib kirish imkonini beradi. Donorlar bilan uchrashuvlarda biz raqobatlashmasligimizga yoki bir-birimizning sa’y-harakatlarimizni takrorlamasligimizga yana bir bor amin bo’ldim. Bu biz rivojlanish bo‘yicha hamkorlar hamjamiyati sifatida birgalikda yaxshiroq ishlashimiz mumkinligini anglatadi.

— O‘zbekistondagi loyihalarda moliyani boshqarishda qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqdasiz?

— Turli muammoli vaziyatlar bilan ishlamoqdamiz. Bu loyihalar bo‘yicha auditorlik hisobotlarining o‘z vaqtida taqdim etilishi hamda moliyaviy hisobot sifatini boshqarish samaradorligi hamda auditorlik tekshiruvining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq. Ushbu muammolarni hal qilish uchun OTB loyihalarni o‘z siyosatlari, tartiblari va talablarini eng ilg‘or xalqaro tajribaga moslashtirish uchun takomillashtirishga undaydi. Shuningdek, moliyaviy menejmentning muhim jihati buxgalteriya hisobi va aktivlarni to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashdir.  Biroq sifat va moliyaviy sharoitlarga muvofiqlik yaxshilashni talab qiladi.

Shuni ham ta’kidlaymanki, biz yanada qattiqroq monitoring tizimlarini joriy qildik va ko‘proq bevosita yordam va nazoratni ta’minlash uchun ishtirokimizni kengaytirmoqdamiz. Bu jiddiy muammolarga aylanishidan oldin xavflarni kamaytirishga yordam beradi.

— Darvoqe, bank yuqori tavakkal loyihalarda muvofiqlik va moliyaviy menejment bilan bog‘liq masalalarni qanday hal qiladi?

— Moliyaviy boshqaruv tartib-qoidalari yanada qattiqlashgani sayin, biz belgilangan standartlarga rioya qilmaslikka nisbatan kamroq moslashuvchan bo‘ldik. Va bu regulyator tomonidan yuqori baholandi, chunki u ishonchli intizomni ta’minlaydi.

Ushbu standartlar loyihani amalga oshirishga tayyor yoki yo‘qligini tushunishga imkon beradigan minimal marradir. Agar loyihada buxgalteriya tizimi bo‘lmasa, shtatda moliyaviy menejer bo‘lmasa, bankda hisob raqami ochilmagan bo‘lsa, uni ishga tushirishga tayyor deb ayta olmaymiz. Bunday minimal talablar ro‘yxatiga ega bo‘lish bizga «xom» loyihalarni yo‘q qilish va yaxshi ishlab chiqilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun vositalarimizning butun arsenalidan foydalanish imkonini beradi.

Hukumat bilan hamjihatlikda bo‘lishimiz juda muhim. Biz uchun muhim bo‘lgan narsa – bu ochiq muloqot va natijada nima ishlayotgani, nima ishlamayotganligi va qayerga ketayotganimiz haqida umumiy tasavvur. Lekin menga eng yoqadigan narsa bu biz birga ishlayotganimizni his qilish. Bizning umumiy maqsadimiz bor va unga erishishda har bir tomon o‘z rolini o‘ynaydi. Bu islohot ishlarining barchasida ko‘tarilish va pasayishlarga qaramay bir to‘lqinda ekanligimiz tuyg‘usi bor.

Ilhomlanishni o‘rganish

— OTB tomonidan tashkil etilgan bir necha seminarlarda qatnashgansiz. Ularning natijalarini baham ko‘ring. Seminarlar O‘zbekistonda moliyaviy boshqaruv tizimini mustahkamlashga yordam beradimi?

— Seminarlar muvaffaqiyatli o‘tdi. Ular juda muhim, chunki ular ham amalga oshiruvchi agentliklarni, ham loyiha xodimlarini zarur vositalar bilan ta’minlashadi. Seminarlarimiz muayyan masalalar bo‘yicha fikr almashish, kelajak tendensiyalarini o‘rganish uchun o‘ziga xos maydonga aylanganidan xursandman.

Rasm: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

— Bilishimcha, obyektlarga ham tashrif buyurgansiz

— Ha, biz Toshkent viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yaxshilash loyihasi amalga oshirilayotgan hududda boʻlib, moliyaviy boshqaruv tartib-qoidalarimiz qanday amalga oshirilayotgani, tashabbuslarning borishi bilan tanishdik. U yerda biz loyiha guruhlari bilan uchrashdik, maqsadli maslahatlashuvlar o‘tkazdik va tuzatishlar kiritdik.

Biz ko‘plab masalalarni muhokama qildik, ularsiz yirik shartnomalar tuzish amrimahol edi. Lekin menga Turkiya, Eron, Rossiya, Tojikiston va boshqa mamlakatlardan kelgan xalqaro mutaxassislar jamoasi katta taassurot qoldirdi.

Men uchun bu mutlaqo ilhomlantiruvchi muloqot edi, chunki qurilishdagi muammolar va qiyinchiliklarga qaramay, besh tilda gaplashadigan bu odamlar ishtiyoqqa to‘la va ularning yagona maqsadi – o‘z ishini yaxshi bajarish. Men bu loyihaning bir qismi bo‘lganimdan juda xursandman.

— Bu, haqiqatan ham, ilhomlantiradi. Umid qilamanki, O‘zbekistonga tashrifingizdan umidlaringiz oqlandi.

— Rostini aytsam, safar oldidan men nima kutishimni bilmasdim. Men mamlakat, uning xalqi, madaniyati haqida ko‘p o‘qiganman. Bir paytlar men universitetda rus tilini o‘rganganman, men Rossiyada bo‘lganman, lekin hech qachon Markaziy Osiyoda bo‘lmaganman. Bu men uchun juda yoqimli tajriba bo‘ldi va men O‘zbekistonga yana mamnuniyat bilan kelaman.

Shuningdek