Yangiliklar

Notinch Kiyevdagi tadbirkorlarning eng ko‘pi O‘zbekistonliklar

Kiyevdagi 1517 ta kompaniyadan 1517 tasi
Foto: Pixabay.com

O‘zbekistonliklar butun Ukraina bo‘yicha eng ko‘p biznes bilan shug‘ullanayotganlar ro‘yxatida ikkinchi, Kiyevda esa birinchi o‘rinda bormoqda. Bu haqda Opendatabot veb-saytida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, urushli vaziyatga qaramasdan 100 dan ortiq mamlakat fuqarolari Ukrainada 3 mingdan ortiq kompaniyaga asos solgan. Ko‘pincha yangi korxonalar O‘zbekiston, Turkiya, Polsha va AQShdan kelgan xorijliklar tomonidan ochilgan. Urush boshlanganidan beri Ukrainada xorijliklar tomonidan 3075 ta kompaniya tashkil etilgan.

Ko‘pincha Turkiya fuqarolari Ukrainada biznes ochadilar – 396 ta kompaniya yoki jami 12,9%. Keyingi o‘rinda O‘zbekiston fuqarolari – ular 312 ta tadbirkorlik subyektiga (jami ko‘rsatkichning 10,1 foizi) egalik qiladi. Birinchi uchlikni Polsha fuqarolari yopdi – 224 ta korxona yoki 7,3%.

Birinchi o‘ntalikka AQSh, Qozog‘iston, Germaniya, Ozarbayjon, Isroil, Buyuk Britaniya va Xitoy fuqarolari kiradi. Shuni hisobga olish kerakki, bitta kompaniyaning bir nechta egalari bo‘lishi mumkin.

Xorijiy kompaniyalarning deyarli yarmi, 1517 tasi Kiyevda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. O‘zbekiston fuqarolari poytaxtda 175 ta kompaniya tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yarim yil ichida ishbilarmonlik faolligi oshgani haqida yozgan edik.