Oʻzbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligi tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda Uzbekistan aeroports axborot xizmati xabar berdi
Foto: Uzbekistan aeroports

Oʻzbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olish choralari koʻrilmoqda. Bu haqda Uzbekistan aeroports axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro aviatsiyasi obyektlarining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi bilan birgalikda 20–21-avgust kunlari aeroportlar tibbiyot xodimlari uchun maymunchechak kasalligining etiologiyasi, klinik koʻrinishi, epidemiologiyasi, diagnostikasi va oldini olish boʻyicha seminarlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, aeroport xodimlariga ushbu kasallik haqida soddalashtirilgan shaklda maʼlumot beriladi va baʼzi alomatlar vizual tarzda qanday namoyon boʻlishi tushuntiriladi. Bundan tashqari, sanitariya-karantin xizmati tomonidan aeroportlarda harorati yuqori boʻlgan yoʻlovchilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar oʻrnatiladi.

Uzbekistan Airports JSST maʼlumotlariga tayanib, ushbu kasallikning yangi shtammi asosan Oʻzbekiston bilan toʻgʻridan toʻgʻri reyslar bilan bogʻliq boʻlmagan Afrika mamlakatlarida tarqalayotganini maʼlum qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirgʻiziston maymunchechak tufayli aeroportlar va chegara punktlarida sanitariya-karantin nazoratini kuchaytirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek