O‘zbekistonga qiymati $12,8 mlnga teng televizor import qilingan
eʼlon qilindi
2023-yilda O‘zbekiston qiymati $52 mlnga teng televizor eksport qilingan
2024-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonga chet mamlakatlardan 46 mingdan ziyod umumiy qiymati $12,8 mlnga teng televizor import qilindi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga Xitoydan 22 mingdan ziyod, Vetnamdan sal kam 10 ming dona, Qozog‘iston 8,5 ming dona, Indoneziyadan 5,5 ming dona televizor import qilingan.
Ma’lumot uchun, 2023-yil mobaynida O‘zbekiston qiymati $52 mlnga teng bo‘lgan 231 mingdan ziyod televizor eksport qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekistonga 2024-yilning yanvar–iyun oylarida xorijdan qiymati $171,1 mlnga teng boʻlgan 1,8 mln dona mobil telefon import qilingani haqida xabar bergan edi.