Yangiliklar

O‘zbekistonda xorijdan gaz sotib olish qariyb besh barobarga ortdi

Bu haqda statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi
Foto: Gazprom

O‘zbekiston Respublikasi 2024-yilning dastlabki olti oyligida umumiy qiymati $983,7 mlnlik tabiiy gaz import qilgan. Bu haqda statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi.

Aniqlanishicha, birgina iyul oyining o‘zida $174,2 mlnlik tabiiy gaz import qilindi, bu esa o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 174 barobarga ko‘p.

2023-yilning iyul oyida chet mamlakatlardan $1 mlnlik tabiiy gaz sotib olingan.

2024-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston jami $983,7 mlnlik tabiiy gaz import qilgan. 2023-yilning mos davrida esa ushbu ko‘rsatkich $201 mlnni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda tabiiy gaz eksporti 2024-yilning iyul oyi uchun $91,7 mlnni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davridan 1,3 barobarga ko‘p, ya’ni o‘tgan yilning iyul oyida $63,9 mln gaz xorijga eksport qilingan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Ukraina armiyasi Rossiyaning Kursk viloyatiga hujumi tufayli gaz narxi qimmatlasgani haqida xabar bergan edi.