Qashqadaryoda 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishni va’da qilgan firibgar ushlandi

eʼlon qilindi
U $1,5 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qashqadaryoda xususiy universitetning 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, unga qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi universitetlardan birida oʻqiganligi toʻgʻrisida hujjatlarni tayyorlab, Qarshi shahridagi xususiy universitetga 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishni aytgan. Shundan keyin davlat oliy ta’lim muassasasiga koʻchirib berishni va’da qilgan va bularning evaziga $1,5 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Qirgʻizistonga oʻqishga kiritib qoʻyishni va’da qilgan firibgar ushlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek