Yangiliklar

Сobalt avtomobilini ishlab chiqarish 51,4 foizga oshdi

Yetti oy ichida
Foto: Lion Motors

2024-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston korxonalari tomonidan 84,7 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51,4 foizga o‘sdi, deya xabar beradi Statistika agentligi.

Shu bilan birga, Gentra ishlab chiqarish 70 foizdan ko‘proqqa pasayib, 44,1 mingdan 12,8 mingtaga tushdi.

Joriy yilning yetti oyida respublikada 204,8 ming yengil avtomobil ishlab chiqarilib, yillik o‘sish 5,5 foizni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» O‘zbekistonda bamperlar ishlab chiqarish deyarli ikki barobarga oshgani haqida yozgan edi.