Yangiliklar

Telegram messenjerida nosozlik qayd etilmoqda

Ayni damda ishlamoqda
Foto: Getty Images

21-avgust kuni soat 16:00 dan boshlab Telegram ijtimoiy tarmog‘ida nosozlik qayd etilmoqda.

Foydalanuvchilar Telegram’ga kirganda ijtimoiy tarmoqda ulanish tinmasdan aylanmoqda, biroq xabarlar jo‘natilgani yo‘q. Yangiliklar ochilmadi, suratlar va videolar yuklanmadi.

Hozirgi vaqtda Telegram ishlamoqda.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Turkiyada Telegram messenjeri bloklanishi mumkinligini yozgan edi.