UzAirways veb-sayt va ilova faoliyatidagi uzilishlar haqida xabar berdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Chorshanba kuni
                    
                            
Uzbekistan Airways veb-sayti va ilovasidagi chiptalarni sotish xizmati 21-avgust, chorshanba kuni soat 09:00 dan 10:00 gacha ishlamaydi, deya xabar beradi kompaniya.
Shu vaqt oralig’ida ushbu onlayn vositalar tomonidan taqdim etilgan boshqa xizmatlardan foydalanish mumkin bo’lmaydi. Uzilishlar texnik server ishi bilan bog’liq.
Uzbekistan Airways yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan My.gov.uz xizmatlaridan birining ishidagi uzilishlar haqida yozgan edi.
