
Bugun, 22-avgust kuni respublika bo‘ylab quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Havo bulutli va o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Havo harorati o‘rtacha 32-37 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Toshkent shahrida havo bulutli bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 35-darajagacha isiydi, kechga borib 21-daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyati va Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati 27-darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 16-daraja iliq bo‘ladi.