Banklar 2024-yilda kamroq foyda oldi

eʼlon qilindi
Bu haqda Markaziy bank xabar berdi
Foto: Foto: Victorburnside / www.depositphotos.com

Banklar joriy yilning 7 oyida 2023-yilning mos davriga nisbatan 159 mlrd soʻmga kamroq foyda olgan. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Unga ko‘ra, banklar 2024-yilning yanvaridan iyul oyigacha 6,4 trln soʻm foyda olgan. Raqamlar avvalgi oylarda bundan ancha pastroq ko‘rsatkichda bo‘lgan. Jumladan, aprel oyi yakuni boʻyicha banklarning foydasi 1 trln soʻmga yoki 25 % ga pastlagan.

2024-yilning boshidan buyon umumiy daromad 91,8 trln soʻmni tashkil etib, salkam 30 % ga koʻpaydi. Xarajatlar 42,5 % ga ko‘tarilgan va 67,7 trln soʻm miqdorda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iste’mol kayfiyati indeksi: aholi orasida xarajatlar oʻsishiga ishonganlar ulushi ortgan edi.

Shuningdek