Bozorlardagi vaziyat: neft narxi yanvar oyidagi qiymatlargacha tushdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
AQSH va Xitoy iqtisodiyotining beqarorligi tufayli
Rasm: Christian Hartmann / Reuters

WTI markadagi neft narxi yanvar oyidan beri birinchi marta bir barrel uchun $72 dan pastga tushdi. Bu AQSH va Xitoyning zaif iqtisodiy ma’lumotlari tufayli neftga bo‘lgan talab bilan bog‘liq xavotirlar fonida sodir bo‘ldi.

Xususan, AQShda so‘nggi bir yilda kutilganidan 820 mingga kam ish o‘rni yaratilgan.

Bundan tashqari, Yaqin Sharqdagi vaziyat bilan bog‘liq xavflar saqlanib qolmoqda – AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning avvalgi tashrifi Isroil va HAMAS o‘rtasida yarashishga olib kelmadi.

Bu haftada yirik kompaniyalarning aksiyalari aralash natijalarni namoyish etmoqda. Apple choraklik foydaning 10 foizga o‘sishini ko‘rsatgan ijobiy moliyaviy hisobot chiqqandan so‘ng 2 foizga o‘sishni qayd etdi.

Shu bilan birga, bulutli xizmatlarning yuqori sotuvi tufayli Microsoft (MSFT) aksiyalari 1,5 foizga oshdi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» AQSH Energetika axboroti boshqarmasi (EIA) 2025-yilda jahon neft iste’moli kuniga 104,5 mln barrelgacha kamayishini kutayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek