Joriy yilning 21-avgust kuni Gretsiyaning «Sunion» nomli neft tankeri Iroqdan Afinaga ketayotgan vaqtida ikkita kichik kemalarda o‘ndan ziyod odamlar hujum qilishi natijasida Qizil dengizda cho‘kib ketdi. Bu haqda «Al Jazeera» nashri ma’lumot berdi.
Neft tankeriga hujum Yamanning Hodeyda port shahridan 143 kilometr g‘arbda yuzaga kelgan. Hujum vaqtida bir nechta snaryadda o‘q ham uzilgan. Ushbu holat «Sunion»ning yonib ketishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumotlarga qaraganda 25 kishilik ekipaj yongan kemadan qutqarib olingan.
Hozirgi vaqtda Yeprova Ittifoqining Qizil dengiz floti missiyasi yuk tashish kompaniyasi hamda kema kapitanining so‘roviga javob berilgani, shuningdek, 23 nafar filippinlik hamda 2 nafar rossiyalik, umumiy 25 kishidan iborat ekipaj himoyasi uchun maxsus bo‘linma jo‘natilganini ma’lum qilgan.
Gretsiya dengiz ishlari vaziri Xristos Stilianidis holatga quyidagicha munosabat bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan «Xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi va xalqaro yuk tashish xavfsizligiga jiddiy tahdid», dedi Gretsiya dengiz ishlari vaziri Xristos Stilianidis.
Qayd etilishicha, kemaga raketalar, shuningdek, uchuvchisiz samolyotlar hujum qilgan bo‘lishi ham mumkin.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Yaman husiylari («Ansor Alloh» harakati) Britaniyaning Rubymar kemasini Qizil dengizda cho‘ktirib yuborgani haqida xabar bergan edi.