Ibrohim Raisiy o‘limiga doir tergov jarayoni yakunlandi

eʼlon qilindi
Aviahalokat 19-may kuni bo‘lgan edi
Foto: Arabcenterdc.org

Marhum Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyotining halokati yuzasidan tergov xulosasi taqdim etildi. Bu haqda Reuters xalqaro nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, prezident bo‘lgan vertolyot 19-may kuni Eron shimoli-g‘arbidagi tog‘li hududga qulagan edi. Ushbu aviahalokatga ob-havo sharoiti va passajirlarning ko‘pligi, ya’ni ikkita odam ortiqcha olingani sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Aviahalokat kuni marhum Ibrohim Raisiy Ozarbayjon va Eron chegarasidagi Araks daryosi to‘g‘onining ochilish marosimida ishtirok etib, qaytayotgan bo‘lgan. Vertolyotda prezident bilan birga bo‘lgan Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan ham halokat tufayli dunyodan ko‘z yumgan.

Ma’lumot uchun, tergov jarayoniga 30 mingdan ziyod odamlar jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ibrohim Raisiy o‘rniga Masud Pezeshkiyon Eronning yangi prezidenti bo‘lgani haqida yozgan edik.

Shuningdek