IIO xodimlarining pensiyaga chiqish muddati masalasida rasmiy axborot berildi

eʼlon qilindi
Ichki ishlar vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi bu xabarlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi
Foto: Buxoro Ichki ishlar boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25-yilga uzaytirish mumkinligi haqida axborot tarqalmoqda. Ichki ishlar vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi bu xabarlarning haqiqatga toʻgʻri kelmasligini ma’lum qildi.

Unga koʻra, hozirgi kunda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan normativ huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25-yilga uzaytirish boʻyicha taklif yoki qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilmagani ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20-yilga yetganidan soʻng, oʻtagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻlishi koʻrsatib oʻtilgan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» 2025-yildan boshlab yoshga doir pensiyalar avtomatik tayinlanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek