Yangiliklar

Krishtianudan yana bir rekord: YouTube kanal ochganiga bir kun bo‘lmasdan 17 mln obunachi yig‘di

Ayni damda 17 millionga yaqinlashdi
Foto: Iwmbuzz.com

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu YouTube platformasida o‘z kanalini ochdi va bir kunga qolmasdan 17 mln obunachiga ega bo‘ldi. Bu haqda Forbes axborot agentligi ma’lum qildi.

Krishtianu Ronaldu umumiy 900 milliondan ortiq ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilarga ega. U endi global superyulduz maqomini mustahkamlash uchun dadil qadam tashladi – o‘zining ilk YouTube kanalini ishga tushirdi.

39-yoshli Ronalduning oddiygina «UR» deb nomlangan yangi YouTube kanali dastlabki 90 daqiqa ichida 1 million obunachidan oshib ketdi. To‘rt soatda esa 5 million obunachiga ega edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatining rasmiy timsoli e’lon qilingan edi.