O‘zbekistonda maxsus unvonda xizmat o‘tash muddati o‘zgardi
O‘zbekistonda maxsus unvonda xizmat o‘tash muddati o‘zgardi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qarorda qayd etilishicha, Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tashga doir masala yuzasidan nizomga o‘zgartirish kiritildi, unga ko‘ra maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari bo‘yicha katta leytenant – 3 yil, kapitan – 4 yil, mayor – 5 yil, podpolkovnik – 6 yil qilib belgilandi.
Shuningdek, Davlat bojxona xizmati, Milliy gvardiya va fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilgan.
Masalan, Davlat bojxona xizmati organlarida bojxona xizmati katta leytenanti – 3 yil, bojxona xizmati kapitani – 4 yil, bojxona xizmati mayori – 5 yil, bojxona xizmati podpolkovnigi – 6 yil etib belgilangan.
Milliy gvardiya xodimlarining maxsus unvonda xizmatni o‘tash bilan bog‘liq masala yuzasidan katta leytenant – 3 yil, kapitan – 4 yil, mayor – 5 yil, podpolkovnik – 6 yil qilib belgilandi.
Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgarishlar ham yuqorida sanab o‘tilgan davlat organlaridan farq qilmagan holda, katta leytenant harbiy unvonida – 3 yil, kapitan harbiy unvonida – 4 yil, mayor harbiy unvonida – 5 yil, podpolkovnik harbiy unvonida – 6 yil o‘zgartirish kiritilgan.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» IIO xodimlarining pensiyaga chiqish muddati masalasida rasmiy axborot berilgani haqida xabar bergan edi.