Yangiliklar

AQSH mudofaa sanoatini chiplar bilan ta’minlab beruvchi kompaniya kiber hujumga uchradi

17-avgust kuni axborot ishlash tizimida shubhali faoliyat aniqlangan
Foto: IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati

AQSH mudofaa sanoatini chiplar bilan ta’minlab beruvchi Microchip kompaniya kiber hujumga uchrab, faoliyatining bir qismini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu haqda 3D news nashri xabar berdi.

Kompaniya taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 17-avgust kuni axborot ishlash tizimida shubhali faoliyat aniqlangan.

Shundan so‘ng 19-avgust kuni Microchip komaniyasining ayrim serverlarida, shuningdek, ayrim bank operatsiyalarida nosozliklar uchraganini tasdiqladi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bergan.

Kompaniya kiber hujumdan himoyalanish choralarini ko‘rganini ma’lum qilgan.

«Biz zudlik bilan xavfni bartaraf etish choralarini ko‘rdik, jumladan, ta’sirlangan tizimlarni izolyatsiya qilish, ayrim tizimlarni o‘chirish va tashqi kiberxavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar yordami bilan tergovni boshlash», dedi Microchip Technology.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning saylovoldi shtab-kvartirasiga so‘nggi xakerlik hujumi ortida Eron turganini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.