
Neuralink kompaniyasiga tegishli chipga ega ikkinchi bemor fikr kuchi bilan Counter Strike 2 shuterini o‘ynadi. Uning o‘yini aks etgan video startap portalida e’lon qilindi.
Aleks ismli bemor bunday o‘yin tajribasini «telbalik» deb atadi va endi u shuterda atrofga qarash uchun maxsus kontrollerdan foydalanmasligini ta’kidladi.
Neuralink’dan olingan videoda Aleksning Dust II kartasidagi o‘yini ko‘rsatilgan. O‘yin sessiyasi davomida u bir nechta raqibni o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi.