Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi bilan Toshkentga yetib keldi

eʼlon qilindi
Oliy martabali mehmonni Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi
Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi bilan Toshkentga yetib keldi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan soʻng Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga joʻnab ketdi.

Ma’lumot uchun, Ozarbayjon prezidenti 22–23-avgust kunlari Oʻzbekistonda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga ko‘ra Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, sammit kun tartibidan Oʻzbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Shavkat Mirziyoyevni Ozarbayjonning Shusha shahrida qanday kutib olishgani haqida xabar bergan edi.

 

Shuningdek